Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi milliy qonunchilik bazasi Bosh qomusimizga asoslangan
08 Dek
Konstitutsiyamizning qabul qilinganiga bu yil 29 yil to‘ldi. Faxr bilan qayd etish lozimki, o‘tgan davr mobaynida Bosh qomusimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqilgani va inson huquq va erkinliklariga ustuvorlik berilgani eʼtirof etilmoqda.
Ombudsman tomonidan 2021 yilning 11 oyida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari bo‘yicha brifing
07 Dek
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Ombudsman hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari tomonidan gaupvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism va majburiy davolash muassasalarida qiynoqqa solish holatlarini oldini olish bo‘yicha monitoring tashriflarini o‘tkazish belgilangan.
Samarqandda “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining mobil ijtimoiy markazi ochildi
06 Dek
“SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasi” Samarqand filialining, yana bir mobil ijtimoiy markazi “Ilmobod” mahallasida ochildi. Ochilish marosimida Bolalar Ombudsmani Aliya Yunusova ishtirok etdi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda himoya qilishda Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
06 Dek
Joriy yilning 6 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi va Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda himoya qilishda Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
HUQUQIY JAMIYAT VA TARAQQIYOTIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORI
06 Dek
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda  parlament aʼzolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Inson huquqlari Milliy markazi masʼul xodimlari, shuningdek Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 
Ombudsman MISiS talabalari bilan uchrashdi
04 Dek
2021 yil 3 dekabr kuni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining (MISiS) Olmaliq shahridagi filialida tashkil etilgan “Konstitutsiya – inson huquqlari va erkinliklarining taʼminlanishi garovidir” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.
Mahkumlar kasalxonasidagi fuqarolar qabulxonasi haqidagi xabarga rasmiy munosabat  
02 Dek
Joriy yilning 1 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda 17 noyabr kuni 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada uchrashuvga kelgan fuqarolar uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani, xususan, hojatxonalarning yopiq holatda ekani bo‘yicha xabar tarqaldi.
Nogironligi bo‘lgan shaxs murojaati ijobiy hal etildi
01 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga)  Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi fuqaro J.N. nogironlikni belgilashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
O‘zbekistonda migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalarga COVID-19 ning bolalar huquqlariga taʼsiri tahlil qilindi
01 Dek
YUNISEF va Bolalar ombudsmani tashabbusi bilan “O‘zbekistonda migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalarga COVID-19ning bolalar huquqlariga taʼsirini baholash” tadqiqoti amalga oshirildi. Ushbu Bola huquqlariga taʼsirni baholash (BHTB) Bolalar ombudsmani boshchiligida Bola huquqlari bo‘yicha masʼul bo‘lgan Yevropa tarmog‘i (BHMET) tomonidan tayyorlangan Umumiy asosiy konsepsiyani va BHTBni moslashtirish bo‘yicha milliy maslahatchini jalb qilgan holda, migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish, ularning ushbu huquqlariga bo‘lgan taʼsirini o‘rganish uchun pandemiyaning dastlabki bosqichlarida ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlar, hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar, siyosatlar, byudjet qarorlari, COVID-19 bilan bog‘liq dasturlar va xizmatlarni ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.