Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman AQSHning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
2023 yilning 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mehmon Ombudsman faoliyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, xususan, murojaatlar bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan o‘zaro hamkorlik, inson huquqlari borasida xalqaro hamkorlik aloqalari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati