Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘rganayotgan komissiya yig‘ilishida to‘plangan maʼlumotlar tahlil qilindi va keyingi rejalar belgilandi
11 Avg
2022 yilning 11 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya aʼzolari bilan birgalikda, “Madad” bepul yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkiloti, “Demokratiya va inson huquqlari instituti”, Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi, “Gumanitar huquqiy markaz”, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi kabi qator faol nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va OAV ishtirok etishdi.
Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar belgilab olindi
11 Avg
Joriy yilning 10 avgust kuni Milliy gvardiya Markaziy devonida Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 avgust kunidagi "Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorini muhokama etish hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida navbatdagi video-selektor shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ombudsmanning Surxondaryodagi mintaqaviy vakilining tavsiyalari eʼtiborga olindimi?   Narkologiya tibbiyot markazining Surxondaryo filialiga qayta monitoring o‘tkazildi
10 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov 2022 yilning 23 iyun kuni Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filialida xizmat qilayotgan xodimlar va davolanayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgangan edi.
Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy tashkilotlarning Markaziy Osiyodagi tashabbuslari doirasidagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10 Avg
2022 yilning 9 avgust kuni shu yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyodagi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy tashkilotlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan mintaqaviy seminar arafasida Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar rahbarlari va Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakili yordamida onasi tergov hibsxonasida bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar davlat himoyasiga olindi
09 Avg
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi 7-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaro X.N. murojaat qilib, uch nafar voyaga yetmagan farzandi borligini va ular mahbusning otasi D.A. bilan birga yashayotganligini inobatga olib, farzandlari uchun otasini vasiy etib tayinlashda amaliy yordam so‘ragan.
Navoiy viloyatidagi “Xo‘jaqulobod”, “Toshquloq”, “Ko‘ksaroy” mahallalari faollari uchun sayyor qabul tashkil etildi
09 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Jo‘rayevga Viloyatning Xatirchi tumani “Xo‘jaqulobod”, “Toshquloq”, “Ko‘ksaroy” mahallalarida yashovchi fuqarolardan mahallada Ombudsmanning mintaqaviy vakili boshchiligida sayyor qabul o‘tkazilishi bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan edi.
Samarqand shahridagi Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
08 Avg
Joriy yilning 4 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanov “Yuksalish” umummilliy harakatining Samarqand viloyat bo‘linmasi rahbari E.Xamrayev bilan birgalikda Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Jizzaxlik fuqaro manfaatida Ombudsman tomonidan sudga daʼvo arizasi kiritildi
08 Avg
Fuqaro Z.D. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) shikoyat bilan murojaat qilib, shikoyatida Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Sharof Rashidov tuman bo‘limining tegishli qaroridan norozi ekanligini, zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilab berishda yordam so‘ragan.
Ombudsmanning Xorazmdagi mintaqaviy vakiliga javobgarlikka tortilmay kelinayotgan shaxs bo‘yicha murojaat kelib tushdi
08 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakiliga 2022 yil 14 iyun kuni Qo‘shko‘shpir tumanida yashovchi fuqaro I.S. ariza bilan murojaat qilgan.