Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaat qilishdi?
2024-yilning 30-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda 30 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.  Murojaatlarda pensiya, sud qarori ijrosini ta’minlash, uy-joy ajratish,  ijtimoiy va moddiy yordam, mehnat munosabatlari hamda sud-tergov jarayonlariga oid masalalar ko‘tarildi. Bir qancha murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Qabul davomida olingan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularning ba’zilari joyiga chiqib o‘rganish uchun Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuborildi. 

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati