Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiya yig‘ilishida Ombudsmanning 2021 yil 1-yarim yillikdagi faoliyati tahlil qilindi
27 Iyu
Joriy yilning 27 iyul kuni Ombudsmanning 2021 yildagi asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi buyicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uch oy davomida oylik maoshlarini ololmagan ishchilar masalasi hal etildi
23 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi “Neftgazqurilishtaʼmir” AJ ishchi-xodimlari tomonidan oylik maoshlarini berilmayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan 48-sonli manzil-koloniyasi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi
14 Iyu
 Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani 48-sonli G‘allaquduq manzil-koloniyasida kasal bo‘lib, istimasi 10 kundan buyon chiqayotgan va Covid analizi aniqlanmagan mahkumlarning konstitutsiyaviy huquqlari poymol etilayotgani va ularga eʼtibor berilmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Deinstitutsionallashtirish bolalar va oilalarga g‘amxo‘rlik qilishning zamonaviy va samarali xizmatlarni rivojlantirishdir
13 Iyu
13 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari - Bola huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Aliya Yunusova YUNISEFning “Bolalarni himoya qilish” dasturi rahbari Antoniya Lyudeke, dastur mutaxassislari Diana Isayeva va Safinas Axayeva bilan uchrashdi.
Ombudsman vakillari tomonidan qiynoqqa oid murojaat o‘rganilmoqda
13 Iyu
Joriy yilning 8 iyul kuni Ombudsman Kotibiyati Qiynoqqa solish holatlarining oldini olish sektori xodimlari va O‘zbekiston Inson Huquqlari «Huquqiy tayanch» jamoat birlashmasi hamkorlikda Toshkent shahar IIBBga qarashli Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona va Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston ombudsmanlarining o‘zaro hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda
06 Iyu
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) institutining murojaatlar bilan ishlash va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishga oid faoliyatiga ilg‘or xorijiy tajribalarni tadbiq etish - ish samaradorligini oshirishdagi muhim omil sanaladi. Shu nuqtai nazardan Ombudsman Kotibiyati xodimlari malakasini doimiy ravishda oshirib borish, xususan, ish faoliyatiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, inson huquqlari sohasidagi so‘ngi tadqiqot ishlari bilan tanishish maqsadida qator seminar treninglar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi manzil-koloniya va tergov hibsxonalariga monitoring tashrifi amalga oshirildi
05 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Qiynoqlarning oldini olish faoliyatiga ko‘maklashuvchi sektor xodimlari va jamoatchilik guruxi aʼzolari tomonidan Jizzax viloyatining Jizzax shahridagi 29-son, Zafarabod tumanidagi 30-31–son Manzil koloniyalari, Jizzax shahar va Sharof Rashidov tumani IIO FMB Vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi 39-son, Guliston tumanidagi 40-son Manzil-koloniyalariga, shuningdek, Xovos shahridagi 8-son Tergov hibsxonasiga navbatdagi monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Toshkentdagi Vebster universiteti talabalari Ombudsman faoliyati bilan tanishtirildi
30 Iyu
Joriy yilning 30 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ofisiga Janubiy Kaliforniya universitetining dotsenti Stiv Mark Sverdlov va Toshkentdagi Vebster universiteti talabalari tashrif buyurishdi.
Aliya Yunusova: Bolalar oilalarga tegishli, “Mehribonlik” uylariga emas
30 Iyu
Joriy 29 iyun kuni «Har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanishini taʼminlash maqsadida noinstitutsionallashtirish Milliy strategiyasini yaratishning dolzarb masalalari” mavzusida Oliy Majlis Senati, YUNISEF va qator hamkor tashkilotlar tomonidan noinstitutsionllashtirishni tezlashtirish bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.