Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xalq konstitutsiyasi bilan huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat sari: ilmiy tahlil va amaliy yechimlar
04 Dek
2023 yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Xalq konstitutsiyasi bilan huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat sari: ilmiy tahlil va amaliy yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
”Chirchiq IIBdan yosh yigitning o‘ligi chiqdi” nomli xabar o‘rganilmoqda-Ombudsman
02 Dek
2023 yilning 2 dekabr kuni soat 00:35 da mahalliy Kengash deputati Jahongir To‘laganov telegram ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent viloyati Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov hibsxonasidan 2001 yilda tug‘ilgan yigit o‘zini osgan holda topilgani haqida xabar eʼlon qildi. Unda yozilishicha, o‘g‘rilik jinoyatida gumonlanib qamoqqa olingan yigit 1 dekabr kuni soat 02:30 larda o‘zini osgan holda topilgan. 
Ko‘chat ekib yurtimizni yashnatamiz!  Parlament Ombudsmanlari jamoalari “Yashil makon” aksiyasida faol ishtirok etishdi
02 Dek
2023 yilning 2 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) jamoalari “Yashil makon” umummilliy aksiyasiga qo‘shilishdi. Ombudsmanlar boshchiligida Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasidagi bo‘sh yer maydoniga 100 tadan ortiq mevali daraxtlar ekilib, bog‘ barpo etildi. Ushbu aksiyada Toshkent davlat yuridik universitetidagi “Ombudsman klubi” aʼzolari hamda jamoatchilik vakillari ham uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi.
Sirdaryoda o‘quvchilarning Konstitutsiyaga oid bilimlari oshirildi
01 Dek
2023 yilning 30 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 7-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida “Konstitutsiyam-g‘ururim” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati I.Qudratov hamda Guliston shahar adliya bo‘limi vakili S.Tog‘ayevlar o‘quvchilarni yangi tahrirdagi bosh qomusimizdan o‘rin olgan yangi normalar va ularning ahamiyati haqida xabardorligini oshirishdi.
IIV Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi
01 Dek
Ilmiy-amaliy konferensiyada Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Bosh prokuratura, Prezident huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi vakillari, mamlakatimiz hamda Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.
Ombudsman fuqarolar qabulini o‘tkazdi
01 Dek
2023 yilning 1 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Andijondagi 3-son tergov hibsxonasida kaltaklangan ayol haqidagi xabar Ombudsman tomonidan o‘rganildi
30 Noy
Ijtimoiy tarmoqlarda 29 noyabr kuni soat 20:05da Andijon viloyatidagi 3-Tergov hibsxonasida xodimlar mahbus O.G‘ulomovani 1 oylik chaqalog‘i bilan urib, tepib, turli xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilayotganlari haqida xabar eʼlon qilindi.
Ombudsmanning Andijondagi mintaqaviy vakili nogironligi bo‘lgan shaxslar murojaatlarini o‘rgandi
30 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Asaka tumanida yashovchi ayol murojaat qilib, nogironligi bo‘lgan farzandlariga nogironlikni belgilash masalasida yordam berishni so‘radi. Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, uning qizi bir necha yillardan beri 2-guruh nogironi bo‘lishiga qaramay, u doimiy nogironlikka o‘tkazilmagan. Qolaversa, 3-guruh nogironi bo‘lgan o‘g‘lini ham qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ham murojaat qildi.
MDH Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
29 Noy
2023 yilning 29 noyabr kuni Minsk shahrida MDH Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Gibrid shaklida bo‘lib o‘tgan muhokamalarda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston hamda Hamdo‘stlik Bosh kotibi va MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etishdi. Delegatsiya tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari M.Tillabayev ham qatnashdi.