Aniqlanishicha, koloniyada 12-son maktab qoshida mahkumlar uchun maxsus sinfxona va kutubxona tashkil etilgan bo‘lib, u yerda umumiy o‘rta maʼlumotga ega bo‘lmagan mahkumlar taʼlim olish imkoniyatiga ega. Ularning nafaqat umumiy taʼlim, balki kasb-hunarlar va xorijiy tillarni o‘rganishiga sharoitlar yaratilgan.
Mazkur tashrif doirasida kutubxonaga 300 ta turli adabiyot namunalari taqdim etildi, bu esa mahkumlarning maʼnaviy va maʼrifiy saviyasini oshirishga va bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mahkumlarning ozodlikka chiqqandan so‘ng jamiyatga qayta moslashuviga yordam berish va ular o‘rtasida qayta jinoyat sodir etish holatlarining oldini olish bo‘yicha ularga zarur ko‘nikmalar berildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati