Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston Ombudsmani Avstriyadagi Kornoyburg hibsxonasi tajribasini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatovaboshchiligidagi delegatsiya Avstriyaga tashrif doirasida Kornoyburg hibsxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Kornoyburg hibsxonasi 224 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, tashrif kuni unda belgilanganidan ko‘proq shaxslar saqlanayotgani aniqlandi. Bu yerda saqlanayotgan shaxslar ikki asosiy toifaga bo‘linadi: tergov jarayonidagi ayblanuvchilar va sud hukmi chiqarilgan mahkumlar. Har bir mahkum tarbiyasi va sud hukmiga ko‘ra uchta bo‘limdan birida saqlanadi: ochiq, yarim ochiq yoki yopiq bo‘lim. Ayrim mahkumlarga 18 oygacha bo‘lgan qisqa jazo muddatlari tayinlangan.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolariga Kornoyburg muassasasida saqlanayotgan shaxslar, ularning ijtimoiy kelib chiqishi hamda ularga berilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari u yerda saqlanayotgan mahkumlarning yashash, ovqatlanish joylari, tibbiy xizmatdan foydalanish, mehnat qilish sharoitlari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, kutubxonalari bilan tanishishdi.

Tashrif doirasida Avstriya Parlamenti vakillari hamda ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati