Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxoro Davlat Universiteti talabalari Ombudsman faoliyati bilan tanishishdi
28 Sen
2023 yilning 27 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Buxoro Davlat Universitetining "Tarix va yuridik" fakulteti talabalari bilan uchrashdi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tashkil etildi
28 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Turli vazirlik, idora va tashkilotlar matbuot kotiblari Ombudsman faoliyati bilan tanishishdi
28 Sen
2023 yilning 27-28 sentyabr kunlari O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va   Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan vazirlik, idora va tashkilotlar hamda hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari, ommaviy axborot vositalari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili “Turon” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi
28 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanov Samarqand shahridagi “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
Ombudsman doimo aloqada va ochiq faoliyat olib bormоqda
27 Sen
Ijtimoiy tarmoqlarda “Mahkum joniga qasd qilgani aytilmoqda” nomli xabar tarqaldi. Unda Qashqadaryo viloyatidagi 10-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo o‘tayotgan Q.Sh. lezviya yutish yo‘li bilan o‘z joniga qasd qilgani, Q.Sh.ning ukasiga ko‘ra, uning ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun karserdan chiqarilib, tibbiyot bo‘limiga olib kelinganligi, va go‘yoki Ombudsman yoki GUIN (JIED) bilan aloqa bo‘lganida masala haqida avvalo ularga xabar berilishi va ijtimoiy tarmoqqa chiqarilmasligiga urg‘u berilgan (keyinchalik ushbu xabar joylashtirgan shaxs tomonidan nomaʼlum sabablarga ko‘ra olib tashlangan).
Ombudsman Italiyadagi yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi
25 Sen
2023 yilning 23 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Italiya Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi Sirdaryo tumanida
22 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Italiyada ko‘plab davlatlar Ombudsmanlari bilan uchrashdi
22 Sen
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 21-22 sentyabr kunlari Italiyaning Rim shahrida “Jahonda Ombudsmanning o‘rni: haqiqat va imkoniyat o‘rtasida” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirga mezbonlik qilgan Italiya bosh Ombudsmani 50 dan ortiq davlatlar Ombudsmanlari uchun o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish uchun maxsus platforma yaratdi. Tadbirda nafaqat Ombudsmanlar balki parlament aʼzolari, sud-huquq tizimi hamda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlovchi xalqaro tashkilotlar va milliy institutlar vakillari ham ishtirok etishdi.
Italiyada “Jahonda Ombudsmanning o‘rni: haqiqat va imkoniyat o‘rtasida” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
21 Sen
2023 yilning 21 sentyabr kuni Italiya bosh Ombudsmani - Italiya Ombudsmanlarining Milliy muvofiqlashtiruvchisitomonidan Rim shahrida “Jahonda Ombudsmanning o‘rni: haqiqat va imkoniyat o‘rtasida” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Ushbu nufuzli tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham ishtirok etmoqda.