Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda va ijobiy yechim topmoqda
05 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar xolisona ko‘rib chiqilib, lozim hollarda joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Natijada fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida istiqomat qiluvchi S.G. 2024 yil aprel oyida mehnat taʼtiliga chiqqan bo‘lsa-da, tibbiyot birlashmasidan mehnat taʼtili pulini olishda muammolar yuzaga kelgani bo‘yicha murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat Ombudsmanning Andijon viloyatidagi vakili tomonidan nazoratga olinib, prokuratura organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida fuqaro S.G.ning 10 mln so‘mga yaqin mehnat taʼtili puli undirib berildi.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
02 Noy
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar muntazam ravishda hududlar kesimida tahlil qilinib, aholini tashvishga solayotgan masalalar tanlab olinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidan yuborilgan murojaatlar tahlili, ushbu hudud uchun ijtimoiy yordam olish hamda aholiga yuridik xizmat ko‘rsatish masalalari dolzarb ekanini ko‘rsatdi.
Aholi murojaatlari asosida Xorazmda fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
01 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (ombudsman) xalq va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida «Ombudsman maktabi» tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.  O‘zaro muloqot platformasiga aylangan «Ombudsman maktabi» tadbirlari doirasida fuqarolar qabuli ham tashkil etilib, ular murojaatlari qabul qilinmoqda. Muhimi, aholiga uni qiynayotgan masala tegishli davlat organlari vakillariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri, shu vaqtning o‘zida murojaat qilish imkoniyati yaratilmoqda.
Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, Buxoroda mahkumlarni saqlash sharoitlari yaxshilandi
01 Noy
2024-yilning 30-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Huseynova 17-son Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Xorazmdagi “Muruvvat” uyi hamda tergov hibsxonasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
31 Okt
2024-yilning 31-oktabr kuni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Xiva tumanida joylashgan Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Andijondagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar uchun sayyor qabul tashkil etildi
31 Okt
2024-yil 30-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Surxondaryodagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum va mahbuslar sharoitlari o‘rganildi
31 Okt
2024-yilning 30-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Artiqov 9-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda jamoatchilik vakili, Nuroniylar jamg‘armasining Termiz shahar bo‘limi raisi ham ishtirok etdi.
Namangandagi koloniyada saqlanayotgan mahkumlar murojaatlari o‘rganildi
30 Okt
2024-yilning 30-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Pop tumanida joylashgan 6-son Jazoni ijro etish koloniyasiga navbatdagi monitoring tashrifini amalga oshirdi.