Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
02 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi "a,v" bandlarida nazarda tutilgan jinoyat sodir qilganlikda ayblanib, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining ajrimiga asosan saqlash uchun 10-son tergov hibsxonasiga olib kelingan mahbus S.Q.ning onasi M.Q.ning ijtimoiy tarmoqlarga qilgan murojaati Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) nazoratiga olindi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Buxoroda fuqarolar murojaatlarini qabul qildi
01 Iyu
2022 yilning 31 may kuni Buxoro viloyatiga amalga oshirilgan tashrif doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Shu kuni Ombudsman qabuliga 100 nafarga yaqin fuqarolar kelib, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilishdi. Unda ishdan noqonuniy bo‘shatilgani sababli ishga tiklash, homiladorlik va tug‘ish taʼtili pulini undirish, uy-joy va yer ajratish, ijtimoiy yordam, insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llashda amaliy yordam berish, kredit va subsidiya olish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni  Bola huquqlari bo‘yicha vakilning bayram tabrigi
01 Iyu
Aziz do‘stlar, bolalar, yosh avlod! Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbdan muborakbod etaman. O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha bolalarga yaʼni bolalarimga avvalambor mustahkam sog‘lik va bag‘ri butunlik tilayman. Doim ota-onalari bag‘rida bo‘lishsin va  ularning qaynoq muhabbatiga to‘yishsin. Davlatning himoyasida ekanliklarini har dam his qilishsin hamda ko‘zlari baxtdan doim yonib tursin.
“Ombudsman maktabi” loyihasiga start berildi.  Birinchi o‘quv mashg‘uloti Buxoroda o‘tkazildi
31 May
2022 yilning 31 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Buxoro viloyatining Vobkent tumanida fuqarolar uchun tadbir tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
30 May
Joriy yilning 30 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova belgilangan jadval asosida fuqarolar murojaatlarini shaxsan qabul qildi.
Ombudsman mamlakatimizga tashrif buyurgan Finlyandiya delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashdi
30 May
2022 yilning 27 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti bosh direktori Mariya Liivala boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Ryaysyanen ham ishtirok etdi.
Ombudsman huzuridagi jamoatchilik guruhi tomonidan Navoiy viloyatidagi yopiq muassasalar sharoitlari o‘rganildi
30 May
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5163-sonli Qarori va “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida, Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Ombudsmanning Jizzaxdagi mintaqaviy vakili Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona sharoitlarini o‘rgandi
27 May
2022 yil 19 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili O‘tkir Jo‘rayev Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Navoiy viloyatida xotin-qizlarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi
27 May
2022 yilning 23 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi “Kasaba chevarlari” korxonasidagi xotin-qizlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.