Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijonning chekka hududida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi va tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdir. 2022 yilda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari ish boshlashi bilan respublikaning chekka hududlariga borib, fuqarolar muammolarini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan navbatdagi sayyor qabul viloyatning Andijon tumani, “Yuksalish” MFYda o‘tkazildi. Unda fuqarolar maishiy gaz baloni, dehqonchilik uchun yer ajratish, bank krediti, farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi faktni tasdiqlash bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilishdi.

Fuqarolar qabulidan so‘ng, Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda fuqarolar uchun tor doiradagi mutaxassislar jalb etilgan holda hududdagi aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shu kuni “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida  Andijon tumanidagi “Yuksalish” va “Xo‘ja” MFYda yashovchi fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbir ham o‘tkazildi. Ombudsman mintaqaviy vakillari doimiy ravishda murojaatlarni tumanlar kesimida tahlil qilib, aholining huquqiy xabardorligini oshirishga zarurat bo‘lgan sohalarni tahlil qilishadi.

100 nafarga yaqin fuqarolar qamrab olingan ushbu tadbirda ham murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmat