Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navbatdagi “Ombudsman soatlari” Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Namangan, Jizzax hamda Andijon viloyatlarida o‘tkazildi
Xabaringiz bor, yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligini oshirish bo‘yicha respublika bo‘ylab "Ombudsman soatlari" o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirlar Nukus shahar 2-sonli umumtaʼlim maktabida, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi 5-sonli, Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi 1-sonli, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 31-sonli hamda Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 48-sonli umumtaʼlim maktablarida tashkil etildi.

“Ombudsman soat”larida yuqori sinf o‘quvchilariga inson huquqlarining mazmuni, shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa huquqlari oddiy misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, Ombudsmanlar hayotiy vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilishga qanday yordam berishi mumkinligi haqida ham o‘quvchilar xabardorligi oshirildi.

Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar o‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilar ishtirokida turli intellektual o‘yinlar tashkil etildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati