Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ishga tiklash bo‘yicha sud qarori Ombudsman aralashuvidan so‘ng ijro etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyatidan fuqaro B.R. sud qarori bilan ishga olinishi belgilangan bo‘lsada, uning ijro etilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.

Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, tegishli idoralarga murojaat qilindi. Natijada fuqaro B.R. 2024 yilning yanvar oyidan Uychi tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga bosh mutaxassis sifatida ishga qabul qilindi.

Shuningdek, buyruqda 4 oy majburiy bekor yurgan vaqti uchun 16 mln so‘m ish haqi to‘lanishi belgilandi.

Murojaatchi bilan Ombudsman xodimlari bog‘langanda, u hozirda ishlayotgani va to‘lanishi kerak bo‘lgan summadan 6 mln so‘mi berilganini maʼlum qildi. Qolgan mablag‘larni undirish masalasi Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili nazoratiga olingan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmat