2022 yilning 1 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova boshchiligida Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova hamda Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Feruza Ibragimova Buxorodagi 4-sonli tergov hibsxonasiga borib, muassasada saqlanayotgan mahbus va mahkuma xotin-qizlarning murojaatlarini qabul qilishdi.