Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkentdagi Narkologiya binosi ancha eskirganligi maʼlum bo‘ldi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent shahri mintaqaviy vakili B.Masharipov 2024 yilning 24 iyun kuni Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filialiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Toshkent shahrida joylashgan Narkologiya markazi 1977 yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Muassasa 75 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 71 nafar bemor byudjet hisobidan davolanmoqda.

Monitoring tashrifida Narkologiya markazida davolanayotgan bemorlar sharoitlari, ovqatlanishi, ular uchun tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar sifati va muddati, ularni saqlash xonalari o‘rganildi.

Bundan tashqari, Narkologiya markazidagi bemorlar bilan suhbatlashildi. Suhbat vaqtida, muassasa rahbariyati va xodimlari ustidan shikoyatlar kelib tushmadi.

Shu bilan birga, ushbu muassasa rahbariyati bilan suhbatda, Narkologiya binosi ancha eskirganligini maʼlum qilishdi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati