Shu yilning 3-iyun kuni mintaqaviy vakil mahkum bilan suhbatlashganda, Ombudsmanga hech qanday shikoyati yo‘qligi, hozirda ahvoli qoniqarli darajada ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, mahkum N.U. Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan va o‘ta xavfli retsidivist sifatida 2013-yildan beri ozodlikdan mahrum qilingan. 2024-yilning 1-iyun kuni u tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi - Tranzitornaya ishemicheskaya ataka tipidagi gipertoniya kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Keyinchalik u faol o‘pka sili kasalligi tashxisi bilan davolanish uchun yuborilgan.
Hozirda mahkum N.U. Toshkent shahridagi 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanish uchun yotqizildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati