Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yoshlar kuni munosabati bilan Navoiy viloyatidagi mahkumlar uchun konsert dasturlari tashkil etildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Navoiy viloyatidagi 4,5,11,12 jazoni ijro etish koloniyalari va 36-son Manzil koloniyada 30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan konsert dasturlari va turli sport mashg‘ulotlari uyushtirildi.

Ushbu konsert dasturlari mahkumlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni kasb-hunarga o‘rgatish orqali kelgusida  to‘g‘ri xulosa chiqarishlari maqsadida ishlab chiqilgan chora tadbirlar rejasiga asosan o‘tkazildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanuvchi shaxslarning 35 foizini yoshlar tashkil etadi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati