Tashrif davomida, issiq kunlarda kameralardagi harorat hamda mahkum va mahbuslar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, mahkum va mahbuslarning yuvinish grafiklari ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, saylgohlardagi mikro klimatlar soz holatda ishlayotganiga guvoh bo‘lindi. Shuningdek, tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun tayyorlanayotgan issiq ovqat va dori-darmonlarning yaroqliligi tekshirildi.
Monitoring tashrifi doirasida mahkum va mahbuslarning qiynoq, ruhiy bosim va boshqa holatlar bo‘yicha fikrlari o‘rganildi.
Ombudsman qutilari ko‘zdan kechirilib, 11 nafar shaxsdan kelib tushgan murojaatlar olinib, ular muallifi bilan yakka tartibda suhbatlashildi va murojaatga oid holatlar aniqlashtirildi.
Mahkumlar uchun o‘tkazilgan yakka tartibdagi qabulda 15 nafarga yaqin murojaat qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning 65 foizi sud va tergov jarayonlariga, qolganlari esa kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, stomatolog xizmati ko‘rsatilishi hamda huquqiy yordam olish masalalariga oid.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati