Tashrif davomida mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlar, oshxona, oziq-ovqatlarni saqlash va tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa holatlar o‘rganildi.
So‘ngra “Ombudsman quti”siga tashlangan murojaatlar qabul qilindi va mahkumlar bilan jamoaviy va yakka tartibdagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
Monitoringda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha koloniya maʼmuriyatiga mintaqaviy vakil tavsiyalari berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati