Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxorodagi vaqtincha saqlash hibsxonasi sharoitlari o‘rganildi
2024 yilning 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova Buxoro viloyatidagi Vaqtincha saqlash hibsxonasiga (VSH) monitoring tashrifini amalga oshirdi. Monitoringda ushbu muassasada saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, 10 nafarga yaqin gumonlanuvchilar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, hibsxonada gumonlanuvchi shaxslar saqlanadigan kameralarga, kanvoy, ko‘rikdan o‘tkazish, tibbiyot va tergov xonalariga ovozli video kuzatuv kameralar o‘rnatilgan. VSH binosi atrof hududlariga esa ovozsiz video kuzatuv kameralari qo‘yilgan. Monitoringda videokuzatuv kameralarning soz holatda ekanligi va markazga ulanganligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, advokatlar xonasiga videokuzatuv kamerasi o‘rnatilmaganiga guvoh bo‘lindi.

Monitoring davomida VSHda saqlanayotganlaring yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish, uchrashuv xonasi va boshqa sharoitlari o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati