Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
monitoring
Navoiydagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda tibbiy xodimlar yetishmasligi aniqlandi
09 Mar
2023 yilning 7 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev, “Madad” NNT Navoiy shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi bilan Zarafshon shahridagi 12-sonli jazoni ijro etish koloniyasi, 36-sonli Manzil-koloniyasi va IIB huzuridagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashriflarini amalga oshirdi.
Andijondagi tergov hibsxonasidagi mahbuslar Ombudsmanga qanday masalada murojaat qildi?
09 Mar
2023 yilning 6 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidova tomonidan 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Sirdaryodagi asab va Ruhiy kasalliklari shifoxonasining taʼmir talab ekanligi aniqlandi
03 Mar
2023 yil 17 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov Sirdaryo viloyati asab va Ruhiy kasalliklari shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Anomal sovuq kunlarida yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
17 Yan
Mamlakatimizda ob-havoning keskin pasayib ketishi jamiyat hayotida qator qiyinchiliklarni keltirib chiqargani hech kimga sir emas. Ushbu jarayonda harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan  monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Anomal sovuq kunlari jazoni ijro etish muassasalaridagi sharoitlar o‘rganildi
16 Yan
2023 yilning 12 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalov tomonidan viloyatdagi 47-son Manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar yotoqxonasidagi issiqlik holati o‘rganildi.
Andijondagi “Saxovat uyi”da qariyalarni kaltaklanishi haqidagi xabarlar asossiz bo‘lib chiqti
10 Yan
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ixtisoslashgan internat uyida yashovchi Azimjon Hakimovning “Saxovat uyi”da yashovchilar urib, kaltaklanishi, ularga shifokorlar umuman, qaramasligi, xodimlar vaqtida ishga kelmasligi, o‘g‘irliklar, talon-tarojliklar avjiga chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvoxidova ishchi guruh tuzib, holatni joyiga chiqib o‘rgandi.
Ombudsman mintaqaviy vakilining Andijon viloyatidagi o‘rganishlari
27 Dek
2022 yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidova Baliqchi tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Komissiya aʼzolari ayblanuvchilar bilan suhbatlashishdi
26 Dek
Joriy yilning 23 dekabr kuni Komissiya aʼzolari F.Eshmatova boshchiligida Buxoro viloyatidagi 4-son Tergov hibsxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida hibsxonadagi shart-sharoitlar, isitish tizimi va oziq-ovqat taʼminoti o‘rganildi.
Xivadagi “Muruvvat” uyida saqlanayotgan fuqarolar manfaatida sudga ariza kiritildi
26 Dek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga amalga oshirgan monitoring tashriflarida 9 nafar shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘q ekani aniqlandi.
Andijondagi vaqtincha saqlash hibsxonasidan qiynoqlar bo‘yicha murojaat kelib tushmadi
16 Dek
2022 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.A.Abduvohidova Qo‘rg‘ontepa tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasida monitoring tashrifini amalga oshirib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishdi.
Navoiydagi 4-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlarga qanday sharoitlar yaratilgan?
14 Dek
Oliy Majlisning Inson huqulari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djo‘rayev tomonidan Viloyatdagi 4-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Qashqadaryodagi asab-ruhiy kasalliklari shifoxonasiga qayta monitoring o‘tkaziladi - Ombudsman
06 Dek
2022 yilning 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatdagi mintaqaviy vakili M.Normuradov viloyat asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Qarshi shahar 1-oilaviy poliklinika bosh vrachi J.Yeshimov va Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi provizori M.Xo‘jamovlar ham ishtirok etishdi.