Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Farg‘onada mahkumlar murojaatlari o‘rganildi 
2024-yil 16-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili va Ijtimoiy ko‘nikma markazi bilan birgalikda viloyatdagi 10-sonli tergov hibsxonasida xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvda mahkumlarni jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqqanlaridan so‘ng, ularni ijtimoiy xayotga moslashtirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishga joylashtirish, jamiyatda o‘z o‘rnilarini topib ketishlariga ko‘maklashish borasida olib boriladigan ishlar bilan tanishtirildi.  

Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasasidan ozodlikka chiqqan, kasb-hunar o‘rganish ishtiyoqida bo‘lgan shaxslar uchun Monomarkazlarda yaratilgan imkoniyatlar va joylarda qayta o‘qitishga ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati tushuntirildi.

Uchrashuv so‘nggida Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili yakka tartibda murojaat qilish istagida bo‘lgan mahkum va mahbuslar murojaatlarini qabul qildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati