480 o‘ringa mo‘ljallangan shifoxonada monitoring o‘tkazilgan kuni 515 nafar shaxs davolanayotgani aniqlandi.
Monitoring tashrifida mazkur shifoxonada davolanayotgan bemorlarga yaratilgan sharoitlar, jumladan ularning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori-darmon va zarur texnik vositalarining ta’minoti hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash xonasidagi sharoitlar o‘rganildi.
Bundan tashqari, bemorlarning shifoxonadagi sharoitlar bo‘yicha fikrlarini o‘rganish maqsadida ular bilan inlividual va ommaviy suhbatlar o‘tkazildi.
Monitoring tashrifi yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Ombudsman tomonidan qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha monitoring tashriflari yakuni yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar Oliy Majlis palatalariga taqdim etib kelinmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati