Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorazmdagi 11-son tergov hibsxonasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda 3 nafar shaxsga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish tavsiya qilindi
2024 yilning 27 sentyabr kuni Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Urganch shahridagi 11-son tergov hibsxonasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda hibsxonada saqlanayotgan 150 nafardan ortiq shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikka Xorazm viloyati Sog‘likni saqlash boshqarmasining malakali shifokorlaridan iborat ishchi guruh, jumladan, endokrinolog, kardiolog, travmatolog, nevropatolog, LOR, dermatolog, urolog, ginekolog, okulist shifokorlari jalb etildi. Shuningdek, mahkum va mahbuslar ultratovush tekshiruvi (UTT), EKG hamda rentgen uskunalari yordamida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 23 nafar shaxsga qandli diabet, 27 nafar shaxsga gipertoniya kasalligi, 11 nafar shaxsga yurakning ishimik kasalligi, 5 nafar shaxsga ginekologik, 15 nafar shaxsga nevrologik, 6 nafar shaxsga travmatologik, 18 nafar shaxsga dermatovenerologik va 7 nafar shaxsga ko‘z kasalliklari bilan bog‘liq tashxislar qo‘yildi.

Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha 1 nafar shaxsga qo‘shimcha tekshiruv tavsiya etildi, shuningdek, ambulator sharoitda davo muolajalarini olayotganlarga qo‘shimcha dori-darmonlar yozib berilgan bo‘lsa, 3 nafar shaxsga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish tavsiyasi berildi.

Shu kuni mazkur tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi ham amalga oshirilib, mahkum va mahbuslarning yashash joylari, yuvinish xonalari, oshxona, oziq-ovqat mahsulotlari saqlash va uzoq muddatli uchrashuv xonalari, fuqarolarni qabul qilish joyi hamda hududdagi boshqa sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, hibsxonada saqlanayotgan shaxslar bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida mazkur muassasadagi sharoitlar bo‘yicha ular fikrlari o‘rganildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati