30 iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida aholi hamda yoshlarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.