Uchrashuv davomida vatandoshlarning mehnat va yashash sharoitlari o‘rganilib, ularni qiziqtirayotgan masalalar hamda murojaatlari tinglandi. Shuningdek, fuqarolarga ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha mavjud mexanizmlar, konsullik-huquqiy yordam olish imkoniyatlari hamda Ombudsman instituti faoliyati xususida tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar bo‘yicha savollar berdilar. Jumladan, ta’lim olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish, shuningdek, O‘zbekistondagi yaqinlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq murojaatlar eshitildi.
Shuningdek, Elchixona vakillari xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga konsullik yordami ko‘rsatish va yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish doimiy e’tibor markazida ekanini ta’kidladilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






