Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryoda nogironlik nafaqasini olishdagi to‘siq Ombudsman ko‘magi bilan bartaraf etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili qabulida Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro B.E. farzandining nogironligini uzaytirish va nogironlik nafaqasini olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, uning farzandi I.E. og‘ir xastaligi sababli 2024 yil 28 oktyabr kuni 1-guruh nogironligi olib, mazkur nogironlikning amal qilish muddati tugashi arafasida qayta tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilgan va hujjatlari belgilangan tartibda tegishli komissiyaga taqdim etilgan.

Biroq fuqaroning aytishicha, ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha ro‘yxatga qo‘yilgani haqidagi qonuniy dalolatnoma elektron tizimda ko‘rinmagani vaj qilinib, farzandiga nogironlikni uzaytirish masalasi cho‘zilib ketgan. Natijada u nogironlik nafaqasini ham ololmagan.

Murojaat Ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan nazoratga olinib, viloyat sog‘liqni saqlash tizimi masʼullari bilan birgalikda o‘rganildi. Shundan so‘ng fuqaroning hujjatlari qayta rasmiylashtirilib, tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga qayta yuborildi.

Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida 2026 yildan boshlab fuqaro I.E.ga 1-guruh nogironligi qayta belgilandi va murojaat ijobiy hal etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati