Navbatdagi ochiq muloqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘tkazildi. Dastlab, murojaatlar tahlil qilinib, har bir hudud uchun dolzarb masalalar aniqlandi va tegishli masʼul idora vakillari jalb etildi.
Tadbirlar davomida 1000 nafarga yaqin fuqarolar qamrab olindi. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi “Dursun”, “Taloqtepa”, “Xarduri”, Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Shalxar”, “Mustaqillik”, “Aytim”, “Abay”, “Navoiy”, “Iftixor” hamda “Yo‘lchilar”, Taxiatosh tumanidagi “Naymanko‘l”, “Sarayko‘l” va “Keneges”, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi “Ittifoq”, “Oshaqalʼa”, “Tagalak”, “Xosiyon”, “Ko‘xna zey” va “O‘rta” hamda boshqa mahallalarda yashovchi fuqarolar ishtirok etdi.
Uchrashuvlar davomida ishtirokchilarga kiberjinoyatchilik va moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashish choralari, mehnat munosabatlari hamda mehnat migratsiyasiga oid huquqiy tartib-taomillar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga, boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ham muhim maʼlumotlar yetkazildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti va Qarshi davlat universiteti, Qarshi tumanidagi Turon universiteti, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Qarshi xalqaro universiteti hamda Qarshi davlat texnika universiteti, Namangan viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamda Iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Toshkent xalqaro universiteti, Andijon ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumi, Buxoro davlat universiteti, Samarqand viloyatidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvlar davomida yoshlarga oid davlat siyosati, joriy etilayotgan imkoniyat va imtiyozlar hamda mavjud huquqiy kafolatlar xususida tushunchalar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






