Holat Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan nazoratga olinib, ishga oid hujjatlar o‘rganilganda ishdan bo‘shatishga asos sifatida ko‘rsatilgan holatlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 168-moddasi birinchi qismi 4-bandi talablariga to‘liq muvofiq kelmasligi aniqlangan. Xususan, murojaatchi 2017 yildan beri uzluksiz ishlab kelayotgani, mazkur davrda uning lavozimiga nisbatan qo‘shimcha malaka talabi qo‘yilmagani inobatga olinmagan.
Shundan so‘ng, ishga tiklash, majburiy progul kunlari uchun ish haqi hamda maʼnaviy zararni undirish masalasida sudga daʼvo arizasi kiritilishida huquqiy yordam ko‘rsatildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining tegishli hal qiluv qaroriga ko‘ra, fuqaro G.M. tarbiyachi lavozimiga qayta tiklash, majburiy progul kunlari uchun 16 300 000 so‘m ish haqi hamda 5 000 000 so‘m maʼnaviy zarar undirilishi belgilandi.
Hozirda fuqaro ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






