Amaldagi tartibga ko‘ra, bugungi kunda tergov hibsxonalarida ushlab turilgan shaxslar kamida 1 soat sayr qilish huquqiga ega. Qonun loyihasida esa bu imkoniyatni kamida 2 soatga oshirish, shuningdek, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida qo‘shimcha ravishda kiyim-bosh va poyabzal olish huquqini kengaytirish taklif qilinmoqda.
Shu bilan birga, amalda tergov hibsxonalarida ushlab turilgan shaxslar har oyda 635 500 so‘mgacha oziq-ovqat va zarur buyumlar harid qilishi mumkinligi belgilangan. Loyihada amaldagi mazkur ruxsat etilgan mablag‘ miqdorini 1 271 000 so‘mgacha oshirish nazarda tutilmoqda.
O‘rganish davomida hibsxonadagi texnik sharoitlar ham o‘rganildi. Jumladan, muassasada elektron magazin kioskalari o‘rnatilgan bo‘lib, mahbuslar FACE ID orqali o‘z shaxsiy akkauntiga kirib, bozor narxlarida oziq-ovqat va xo‘jalik tovarlarini harid qilish imkoniyatiga ega ekanligi ma’lum qilindi. Bu esa harid limitini oshirish amaliyotda muammosiz joriy etilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Deputatlar mahbuslarning yaqinlari bilan ham suhbat o‘tkazdilar. Ularning ta’kidlashicha, xarajat limitini oshirish ayniqsa, uzoq hududdan keladigan oilalar uchun qulaylik yaratadi.
“Men Andijondan kelyapman. Agar oylik limit oshsa, har safar yo‘lga chiqishga hojat qolmasdi, vaqt ham, mablag‘ ham tejiladi”, — deydi fuqarolardan biri.
Deputatlar, shuningdek, markaziy tergov hibsxonasini o‘rganish davomida mahbuslarni qabul qilish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi, sayr maydonlarining holati, yaqinlari tomonidan olib kelinadigan yuklarni rentgen apparati orqali tekshirish jarayoni bilan ham yaqindan tanishdilar.
Qayd etish lozimki, Markaziy hibsxonada 1500 ming o‘ringa mo‘ljallangan yangi bino ham qurilmoqda va undagi sayr qilish joylari xorijiy tajribalarga moslashtirilgan.
O‘rganish davomida deputatlar tergov hibsxonasiga olib kelingan shaxslarni qanday qabul qilish, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bilan ham tanishdilar. Shuningdek, sayr qilish uchun ajratilgan maydonlar, mahbuslarning yaqinlari tomonidan olib kelingan yo‘qlovlarni qabul qilish jarayonlari rengtgen apparati orqali ko‘rikdan o‘tkazilishiga guvoh bo‘lishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






