Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Maktablarda o‘tkazilayotgan  "Ombudsman soat"larida qanday mavzular o‘rganiladi? 
Xabaringiz bor, 2023-yildan buyon Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab “Ombudsman soati” loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu darslar noan’anaviy, kreativ, qiziqarli o‘tkazilishi uchun Ombudsman tomonidan videodarslar tayyorlangan. 

Navbatdagi “Ombudsman soati” darslari Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 14-sonli, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 28, 39 va 40-sonli hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 2,4 va 12-sonli, Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 4, 18, 19 va 24-sonli hamda Xatirchi tumanidagi 2, 18, 22 va 78-sonli, Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 5-sonli, Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 285 va 331-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari hamda Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabalari uchun tashkil etildi.

O‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan mazkur darsda yuqori sinf o‘quvchilariga inson huquq va erkinliklarining mazmun-mohiyati, shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik huquqlari hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, inson huquqlarini sohasida faoliyat yurituvchi milliy institutlar faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati