Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman devoni xodimlari uchun seminar-trening o'tkazildi
2025-yilning 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi va Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida Ombudsman Devoni xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda xorijiy ekspertlar – Finlyandiya Adliya kansleri o‘rinbosari Mikko Pumalaynen va Xelsinki universiteti huzuridagi “Huquq ustuvorligi” markazi direktori Tuiya Braks spiker sifatida ishtirok etdilar. Ular inson huquqlari sohasidagi ko‘p yillik tajribasi bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilarga fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish mexanizmlari, Finlyandiya Adliya kansleri va Parlament Ombudsmanining huquq va vakolatlari, jamoatchilik bilan ishlash tartibi bo‘yicha amaliy ma’lumotlar taqdim etdilar.  

Seminar davomida O‘zbekistonda xalq bilan muloqot qilish va murojaatlarni qabul qilish borasida joriy etilgan yangi mexanizmlar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, o‘tgan yili qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan mexanizmlar va ular Finlyandiya qonunchiligi bo‘yicha fikr almashildi.  

Ushbu seminar Ombudsman instituti faoliyatini takomillashtirish, inson huquqlari himoyasini kuchaytirish hamda xalqaro tajriba almashishga xizmat qildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati