Dasturning to‘rtinchi mavsumi doirasida joriy yilning 26-fevral kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda turli hududlardan saralab olingan 100 nafar rahbar ayollar ishtirok etdi.
Uchrashuvda jamiyatda ayollarning tutgan o‘rni, davlatning barqaror rivojlanishida ularning ishtiroki va islohotlarni amalga oshirishdagi roli haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash, jamiyat va davlat boshqaruvida ayollarning teng ishtirokiga erishish, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili asosida tushuntirib berildi.
Shuningdek, ayollar tomonidan yuborilgan murojaatlar tahlil qilindi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchi rahbar ayollar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va inson huquqlari sohasida zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati