Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlarini taʼminlash - ijtimoiy adolatni barqaror topishining asosiy sharti sifatida
2023 yilning 12 dekabr kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorligida “Inson huquqlarini taʼminlash - ijtimoiy adolatni barqaror topishining asosiy sharti sifatida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada senator va deputatlar, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, qator vazirlik va idoralar, taʼlim muassasalari vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqaro ahamiyati, unda demokratik jamiyatning oliy qadriyatlari – inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlar ekanligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, konferensiyada dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha tendensiyalar muhokama qilinib, davlatlar oldida turgan masala va muammolarni aniqlash, muvaffaqiyatli xorijiy amaliyotlarni o‘rganish orqali sohaga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati