Tadbirda ishtirokchilariga “Odam savdosi va majburiy mehnat”ga yo‘l qo‘ymaslik ularni oldini olishning samarali yo‘llari va usulullari, kelib chiqish sabalari, qonunchilikda belgilangan choralar, mehnat qonunchiligi talablariga qatʼiyan rioya etilishi, hududiy komissiyaga yuklatilgan vazifalar xususida maʼlumotlar berildi.
Jumladan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombdsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili fuqarolarni “Odam savdosi va majburiy mehnat” subektiga aylanib qolishining eng asosiy sabablaridan biri bu borada mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlar asosida amaldagi tartiblardan xabardor emasligiga urg‘u berdi. Bu salbiy illatni oldini olishning eng samarali yo‘li bu hamkorlikda aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini amalga oshirish kerakligiga eʼtibor qaratdi.
Respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” tadbirlarida ushbu mavzuni aholiga keng tushuntirilishida hamkorlik qilish taklifini bildirdi.
Taklif seminar ishtirokchilari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati