Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Markaziy Osiyoda tazyiq ostida bo‘lgan xotin-qizlar mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro kengaytirilgan muloqot tashkil etildi
2022 yilning 25 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova “Markaziy Osiyoda tazyiq ostida bo‘lgan xotin-qizlar: zo‘ravonlik ildizlarini yo‘q qilish va jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusiga bag‘ishlangan kengaytirilgan muloqotda ishtirok etdi. Gibrid shaklida tashkil etilgan mazkur muloqot Qozog‘iston Respublikasi Ombudsmani hamda "BMT-Qozog‘iston ayollari" tuzilmasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston tomondan Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.

Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjon davlatlari Ombudsmanlari hamda mavzuga aloqador vazirlik va idoralar, jamoatchilik tashkilotlari vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.  

Tadbirda taʼkidlanishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, hayoti davomida uchta ayoldan biri tazyiq va zo‘ravonlikka uchraydi. Bu esa xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik muammosining global pandemiya ekaniga ishoradir.  

Tahlillar Markaziy Osiyoda ham ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik keng tarqalganini ko‘rsatmoqda. Shu kunga qadar baʼzi Markaziy Osiyo mamlakatlari oiladagi zo‘ravonlik va xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga qarshi qonunchilikni kuchaytirgan bo‘lishsa, boshqalari Milliy strategiyalarni qabul qilishdi. Lekin ular ijrosini taʼminlashga to‘sqinlik qiluvchi omillar, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yetarli malakaga ega emasligi, moliyaviy resurslarning yetishmasligi, zo‘ravonlikdan omon qolgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan xizmatlarning yetarli emasligi kabi holatlar ayniqsa chekka hududlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.   

Xalqaro miqyosda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) gender tengligini taʼminlash va ayollarga nisbatan kamsitishning har qanday shakllarini yo‘q qilish masalalarini o‘z ichiga oladi va bu global muammo kompleks yondoshuvni talab etadi.  

Oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish choralari asosiy sabablarni bartaraf etishi va jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlashni profilaktika va huquqiy choralar bilan birlashtirishi kerak. 

Kengaytirilgan muloqot ishtirokchilari o‘z tajribalari bilan bo‘lishgan holda zo‘ravonlikni keltirib chiqarayotgan sabablarni tahlil qilib, oiladagi zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vositalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.  

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati