Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Turkiy tilli davlatlarda inson huquqlari himoyasi
Joriy yilning 25 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Baku shahrida tashkil etilgan “Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasiga aʼzo davlatlarda inson huquqlari himoyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Konferensiya Ozarbayjon Respublikasi Ombudsman institutining 20 yilligiga bag‘ishlandi.

Assambleya doirasida tashkil etilgan mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi – parlament aʼzolari va inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni tashkil etish va ular hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish borasidagi davlatlar tajribasi bo‘yicha fikr almashish va ilg‘or tajribalarni o‘rganishdan iborat.

Tadbir ikki sessiyadan iborat bo‘lib, "Inson huquqlarini himoya qilishda parlamentlarning roli" va "Ombudsman institutlarining samarali ishlashi uchun qonunchilikni takomillashtirishning ahamiyati" mavzularida tashkil etildi.

Konferensiyada so‘z olgan spikerlar inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha mamlakatlarida amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarga to‘xtalishdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova o‘z faoliyatiga to‘xtalar ekan, inson huquqlarini taʼminlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosati va erishilayotgan natijalarga eʼtibor qaratdi.  

Shuningdek, Ombudsmanning qiynoq holatlarini oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va ularning ahamiyati, aholi murojaatlari bilan ishlashdagi qo‘shimcha huquq va vakolatlar berilgani va Ombudsmanning hududlardagi faoliyati mustahkamlangani bo‘yicha maʼlumot berdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati