Mazkur uchrashuvda dastlab O‘zbekistonda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Ombudsman instituti faoliyati, uning qonunchilik bazasi va vakolatlari to‘g‘risida vatandoshlarga maʼlumot berildi.
Muloqot davomida yurtdoshlarimizga Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar assotsiatsiyasi taʼsis etilganligi haqida maʼlumot berildi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida hamyurtlarimiz Ombudsman va O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsuliga taʼlim olish, ishga kirish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, fuqarolikni rasmiylashtirish kabi masalalarda murojaat qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Turkiya Parlamentining bosh Ombudsmani bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan. Ushbu hujjat doirasida Turkiyada yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning muammoli masalalarini bartaraf etish choralarini ko‘rish masalalari ham belgilab olingan.
Fuqarolarga qabuli davomida Ombudsmanga onlayn murojaat qilish tartibi tushuntirilib, ariza va shikoyatlar Turkiya Bosh Ombudsmani bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi tushuntirildi.
Mazkur qabul O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulligi telegram botida onlayn yoritib borildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati