J.Ibrohimov 1985-yil Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. Podpolkovnik maxsus harbiy unvon – martaba darajasiga ega.
2008-2014 yillarda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani IIB tergov bo‘linmasi tergovchisi va militsiya bo‘limi tergov guruhi katta tergovchisi, 2014-2021 yillarda Andijon viloyati Xonobod shahar IIBda katta tergovchi, Qo‘rg‘ontepa tumani IIBda tergov bo‘linmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi va Xo‘jaobod tumani IIBda tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2021-2025 yillarda Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etish bo‘limi katta tergovchisi, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi va kadrlar guruhi katta inspektori sifatida faoliyat yuritgan.
2025-yil fevralidan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Andijon viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlamoqda.
- hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va o‘tkazish;
- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
- o‘z tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga ko‘ra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida ko‘rib chiqishni tashkil qilish;
- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;
- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish
O.Toshniyozov 1972-yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi injener-quruvchi, huquqshunos. 2-darajali adliya maslahatchisi maxsus unvoni - martaba darajasiga ega.
1994 yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar madaniyat va istirohat bog‘ining bosh energetigi, 1996-2001 yillarda Narpay tuman sudining sud ijrochisi, katta sud ijrochisi va Kattaqo‘rg‘on shahar sudining katta sud ijrochisi, 2001-2005 yillarda Samarqand viloyati sud ijrochilari Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘linmasining katta sud ijrochisi lavozimlarida ishlagan.
2005-2018 yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasida bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i hamda boshliq o‘rinbosari lavozimlarida, 2019-2021 yillarda Samarqand viloyati yuridik texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2021-2022 yillarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - yuridik texnikumi direktori, 2022-2025 yillarda “Samarqand Kamalak invest tekstil” MCHJ yuridik bo‘limi boshlig‘i va “Sam Profi dom” MCHJ yuristi sifatida faoliyat yuritgan.
2025-yil fevralidan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Samarqand viloyati mintaqaviy vakili lavozimida ishlab kelmoqda.