Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Elektr energiya va gazdan uzib qo‘yilgan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
02 Noy
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro O.Abdullayevaning uyi elektr energiya va gaz taʼminotidan noqonuniy ravishda uzilganligi sababli o‘zi va  3 nafar voyaga yetmagan farzandi qiyin sharoitda yashashga majbur bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Jamoatchilik eʼtiborini tortgan ushbu xabar haqida internet foydalanuvchilari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Facebookdagi sahifasida sharhlar qoldirishdi va holatni nazoratga olinishini so‘rashdi.
Qoraqalpog‘istondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi
01 Noy
Komissiya tomonidan fuqaro murojaatlarini o‘rganish davomida sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan ayblanuvchilarning uchinchi ro‘yxati shakllantirilgan va ularni oilasiga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan edi.
Bola parvarishi taʼtilida bo‘lgan sobiq xodim o‘z ishiga tiklandi, ish beruvchidan esa 1,5 mln so‘m maʼnaviy zarar undirilishi belgilandi - Ombudsman
01 Noy
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida yashovchi fuqaro M.Sh. bola parvarish taʼtilida bo‘lishiga qaramay ish beruvchi tomonidan noqonuniy ishdan bo‘shatilgani haqida murojaat qildi.
Navoiyda Konimex tumanidagi 5 ta mahallalar faollari uchun “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi
01 Noy
“Ombudsman maktabi” loyihasining navbatdagi tadbiri Navoiy viloyati,  Konimex tumani, Musiqa maktabida  o‘tkazildi.
QALAMPIR.UZning
31 Okt
2022 yilning 30 oktyabr kuni QALAMPIR.UZ sayti tomonidan "Ichkaridagi ishlar yohud Oyatullo Maxsumov rostdan o‘z joniga qasd qilganmi?" nomli maxsus film eʼlon qilindi. Unda shu yilning 9 oktyabr kuni Navoiy viloyatidagi 4-son jazoni ijro etish koloniyasida muqaddam to‘rt marotaba sudlangan mahkumning o‘z joniga qasd qilgani holati bo‘yicha uning yaqin qarindoshlari fikrlari olingan. Ushbu holatda marhumning yaqinlari uning qiynoqqa solinganini aytishgan. Hozirda Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va qonuniy qaror qabul qilinadi.
“Ombudsman maktabi” G‘uzor tumanida
28 Okt
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan joriy yilning 26 oktyabr kuni G‘uzor tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida “Fuqarolar bilan muloqot Inson huquqlari taʼminlanishining bosh omilidir” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Ombudsman vakili Yevropa Kengashi konvensiyalari bo‘yicha seminarda ishtirok etdi 
28 Okt
2022 yil 26-28 oktyabr kunlari Fransiyaning Strasburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari vakillari uchun Yevropa Kengashi konvensiyalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakiliga mahkumlar nima masalada murojaat qilishgan edi?
28 Okt
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) xududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga muntazam ravishda monitoring tashriflari amalga oshirilib, u yerda saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar muntazam ravishda o‘rganib kelinadi. Tashriflar doirasida mahkumlar bilan jamoaviy va yakka tartibdagi suhbatlar ham o‘tkazilib, ularning murojaatlari qabul qilinadi.
Navoiyda Konimex tumanidagi 5 ta mahallalar faollari uchun “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi
27 Okt
“Ombudsman maktabi” loyihasining navbatdagi tadbiri Navoiy viloyati,  Konimex tumani, Musiqa maktabida  o‘tkazildi.