Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman: IIB binosiga olib ketilgan shaxsning o‘limi holati o‘rganilmoqda
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan IIB binosiga majburiy olib ketilgan aka-uka Dilmurod va Dilshod Yusupvaliyevlarga nisbatan kuch ishlatilganligi holati o‘rganilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB rasmiy munosabatida marhumning IIB binosiga kirish yo‘lagida sog‘ligi yomonlashib hushini yo‘qotgani, u shahar shifoxonasiga olib borilgani va ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtida vafot etganligi qayd etilgan.

Hozirda fuqaroning o‘limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanlangan.

Holat Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila aʼzolari bilan uchrashib, taziya bildirdi. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Ombudsmanning nazorat xati yuborildi.

Ombudsman ushbu holatni qonun talablari doirasida ko‘rib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtiruvini taʼminlashni so‘raydi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati