Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
09 Noy
2022 yilning 9 noyabr kuni Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlash ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yana bir muhim tadbir — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rtasida Hamkorlik memorandumini imzolashga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Farg‘onada IIB binosidan 15 yoshli o‘smirning murdasi chiqqanligi bo‘yicha xabarga Bolalar Ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi
09 Noy
2022 yilning 7 noyabr kuni Militsiya_Uzb Telegram kanalida “Farg‘onada IIB binosidan 15 yoshli o‘smirning murdasi chiqqani aytilmoqda” sarlavhasi ostida xabar eʼlon qilindi.
Nogiron ota va uning yagona vasiysiga ijtimoiy yordam ko‘rsatilmadimi? Holatni Ombudsman xodimlari o‘rganishdi
08 Noy
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro K.U. oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lganligi sababli moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilgan edi. U o‘z murojaatida mas'ul tashkilotlarga murojaat qilgani lekin, natija bo‘lmaganini qayd etdi.
Sirdaryoda Ombudsman maktabi loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik, mehnat yarmarkasi va huquqiy ko‘rgazma tashkil etildi
08 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardorlik darajasi past ekanini ko‘rsatdi. Shuning uchun joriy yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazilib, ularda minglab fuqarolar qamrab olindi.
Mahkumlar va ozodlikka chiqqan shaxslarni ijtimoiylashtirishda Germaniya tajribasi o‘rganildi
07 Noy
Maʼlumki, Yevropa Ittifoqi va Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ), Demokratiya va inson huquqlari instituti, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va qator davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida “Aholining zaif qatlamlarini resotsializatsiya qilishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi" loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
07 Noy
2022 yilning 4 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili sil kasalligi bilan og‘rigan mahkumlar bilan uchrashdi
04 Noy
Sil – bu bakteriyalarni organizmga kirib borishi bilan rivojlanuvchi yuqumli kasallik. U asta-asta namoyon bo‘la boshlaydi. Patogen bakteriyalar bemor organizmida juda uzoq vaqt davomida o‘zi haqida belgi bermaydi. Ko‘pincha o‘pka va to‘qimalarida rivojlanadi va ko‘payadi.
Yo‘ldagi taʼmirlash ishlari sabab haydovchilar jarima to‘lamasligi lozim -  Ombudsman
03 Noy
Maʼlumki, avtomobillar harakatlanish yo‘llarida vaqti vaqti bilan tuzatish, taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Lekin, baʼzi hollarda haydovchilar to‘sib qo‘yilgan yo‘llar sabab, yo‘l qoidalarini majburan buzishga majbur bo‘lishmoqda.
Ombudsman huzuridagi jamoatchilik guruhining navbatdagi o‘rganishlari  Chirchiqdagi jazoni ijro etish muassasasida mahkumlar uchun elektron magazin xizmati joriy etilgan
02 Noy
2022 yilning 29 oktyabr kuni Ombudsman hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari aʼzolari tomonidan Toshkent viloyatidagi 13-sonli koloniyaga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Unda Ombudsman xodimlari va uning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili, “Madad” va «Sharq ayoli» NNT vakillari va oliy toifali psixolog ishtirok etdi.