Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston, Rossiya va Venesuela Ombudsmanlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsma) F.Eshmatova 2024-yilning 27-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Parlamenti Ombudsmani Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova hamda Venesuela Bolivar Respublikasining Xalq himoyachisi Xose RuisAngulo bilan uchrashdi. 

Uchrashuvlarda Ombudsmanlar migrantlar huquqlarini taʼminlash bo‘yicha faoliyatni kuchaytirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish borasida o‘zaro fikr almashishdi. Shuningdek, tajriba almashishdi, murojaatlar bilan ishlash mexanizmlariga oid so‘nggi yangiliklar bilan bo‘lishishdi. 

Xususan, Venesuela Ombudsmani O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatib borayotgani, inson huquqlari sohasida salmoqli o‘zgarishlar bo‘lganligiga urg‘u berib, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirdi. 

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvlarda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Yangiliklar kategoriyalari