Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Kasaba uyushmalari Ombudsman bilan hamkorlikda ishlaydi
21 Noy
Xabaringiz bor, 2022 yilning 9 noyabr kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Ombudsman o‘rganishlari davomida Muruvvat uyida yashovchi 31 nafar nogironligi bo‘lgan erkaklarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligi aniqlandi
21 Noy
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning viloyatlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalar bilan birga “Muruvvat” uylariga ham muntazam monitoring tashriflari amalga oshirilib kelinadi. Qayd etish lozimki, ushbu muassasalardan inson shaʼni va qadr-qimmati hamda huquqlarining kamsitilishiga sabab bo‘lmaydigan munosib sharoitlar yaratilishi lozim. Ombudsman vakillari o‘rganishlarda ayni jihatlarga alohida eʼtibor qaratishadi hamda ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslar murojaatlarini qabul qilishadi.
Andijondagi 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
20 Noy
2022 yil 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Farg‘onada vafot etgan 15 yoshli bola o‘limida ayblanayotgan bolalar bilan uchrashdi
19 Noy
Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlangan 9-sinf o‘quvchisi A.R. vafot etgan edi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan marhumning 17 oktyabr kuni markazda vaqtincha saqlanayotgan 6 nafar bolalarga qo‘shilganidan so‘ng, ushbu bolalar yotoqxonasida xonadagi bolalar bilan o‘zaro gap talashib, janjal kelib chiqish oqibatida marhum A.R. do‘pposlanib unga og‘ir tan jarohati yetkazilgani aytilgan edi.
Yevroosiyo mintaqasida inson huquqlarini himoya qilish muammosi: Ombudsmanlarning ilg‘or tajriba almashinuvi
17 Noy
2022 yilning 16 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Moskva shahriga qilgan xizmat safari doirasida “Yevroosiyo mintaqasida inson huquqlarini himoya qilish muammosi: Ombudsmanlarning ilg‘or tajriba almashinuvi” mavzusidagi VI-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
Farg‘ona viloyatidagi bog‘chalarda zaxarlangan 45 nafar bola holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan – Bolalar Ombudsmani
17 Noy
Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr oyi o‘rtalarida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 22, 39-sonli va Marg‘ilon shahridagi 16, 24 sonli MTMda tarbiyalanuvchi bolalarni ovqatdan zaxarlangani holatini Bola huquqlari bo‘yicha vakil joyiga chiqib o‘rgangan edi.
Oylik maoshi olmasdan ishlayotgan fuqaro manfaatida sudga daʼvo arizasi kiritildi
17 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimovga Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro S.X. murojaat qilib, oylik maoshi ish beruvchi tomonidan to‘lanmay kelinayotgani bo‘yicha murojaat qildi.
Farg‘ona viloyatidagi Muruvvat uyida yashayotgan fuqarolar Ombudsmanga qanday masalada murojaat qilishdi
16 Noy
2022 yilning 14 noyabr kuni Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov O‘zbekiston tumanidagi Qudash Muruvvat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining VII-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
16 Noy
2022 yilning 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining VII-yig‘ilishida ishtirok etdi. Mazkur yig‘ilishda ishtirokchilar inson huquqlarini taʼminlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan huquqiy targ‘ibot xususida fikr almashishdi.