Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Manzil koloniyadan Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasiga yuborilgan mahkum holidan xabar olindi
Joriy yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-son manzil koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoring tashrifida mazkur koloniyada mahkum va mahkumalarning yashash, ovqatlanish, davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish, yuvinish sharoitlari yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuv xonalari va kutubxonalar ko‘zdan kechirildi. 

O‘rganish davomida mazkur manzil koloniyada keng ko‘lamli kapital taʼmirlash ishlarining olib borilganligi, jumladan, mahkumlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sport maydonchasi (vorkaut) va yangi yuvinish xonalari qurilgani, koloniya oshxonasi joriy taʼmirlangani va yangi jihozlar bilan taʼminlanganiga guvoh bo‘lindi.

Shuningdek, monitoring doirasidan mahkum va mahkumalar jamoaviy va yakka tartibda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda qiynoq holatlari bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmadi. Ular yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuv xonalaridagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha amaliy yordam so‘rashdi. 

Monitoringda aniqlangan kamchiliklar va mahkumlar murojaatlari bo‘yicha muassasa maʼmuriyatiga Ombudsman mintaqaviy vakilining tavsiyalari berildi.

Shu kuni mintaqaviy vakil manzil koloniyada mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlash mezonlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishida ham ishtirok etdi.

Shuningdek, mintaqaviy vakil tomonidan mazkur manzil koloniyadan Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan mahkum  J.Q.ning ahvolidan xabar olindi.

Mahkumning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bor ekanligi aniqlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli tavsiyalar asosida shu kunning o‘zida bemorga Nukus shahridagi respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya tibbiyot markazida davolanishi uchun yo‘llanma berilib, kasalxonaga yotqizildi hamda bemorning sog‘lig‘i mintaqaviy vakil tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati