Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxoro sudida 22 ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi
31 Yan
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Mustaqil komissiya sud raisidan ayblanuvchilarga insonparvarlik tamoyillari asosida jazo tayinlanishini so‘radi
30 Yan
Xabaringiz bor, 2023 yilning 31 yanvar kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud qarori eʼlon qilinadi.
“Human Rights Watch” tashkilotining 2022 yilgi hisoboti bo‘yicha munosabat
30 Yan
“Human Rights Watch” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkiloti 2022 yilgi hisobotida, 2022 yilning 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan namoyishlarda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan namoyishchilarni tarqatish maqsadida haddan tashqari kuch ishlatgani oqibatida ko‘plab fuqarolar og‘ir tan jarohati olgani va baʼzilari vafot etgani aytilgan. Shuningdek, namoyishlarda 500 dan ortiq shaxslar hibsga olingani va ushbu axborot tayyorlanayotganda ularning qanchasi hibsda saqlanayotgani nomaʼlum ekanligi qayd etilgan.
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakilini bilasizmi?
25 Yan
2022 yilda Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakili sifatida ish boshlagan Abira Xuseynova bilan suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida mintaqaviy vakilning o‘tgan yilgi faoliyati, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar, jazoni ijro etish muassasalariga uyushtirilgan monitoring tashriflari va boshqa masalalar bo‘yicha so‘z boradi.
Ish vaqtida jarohatlangan fuqaroga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ kamaytirib to‘lanayotgani aniqlandi - Ombudsman
24 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida yashovchi 2-guruh nogironi Q.D. mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari kam miqdorda to‘lab kelinayotgani haqida murojaat qildi. Murojaatchining yozishicha, uning ish beruvchiga qilgan murojaatlari eʼtiborsiz qoldirib kelinmoqda.
Ombudsman jamoat tartibini saqlashga masʼul bo‘lgan xodimlarni xizmat paytida ortiqcha xis-hayajonga berilmaslikka chaqiradi
23 Yan
Xabaringiz bor, 2023 yilning 20 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanidagi gaz quyish shaxobchalaridan birida ichki ishlar organlari xodimi fuqaroga kuch ishlatayotgani tasvirlangan videolavha keng tarqaldi.
Kasb kasalligiga chalingan fuqaroga beriladigan tovon pullari tashkilot tugatilgan taqdirda to‘lab berilmaydimi?
20 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Viloyatning Buvayda tumanida yashovchi 2-guruh nogironi M.I. unga kasb kasalligiga chalingani tufayli to‘lab borilishi kerak bo‘lgan pullarni ololmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.