Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Maktablarda o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda
O‘quvchilarning inson huquq va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan “Ombudsman soat”lari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

Navbatdagi “Ombudsman soat”lari Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 18-sonli, Qashqadaryo viloyatidagi 23-sonli, Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 3-sonli, Buxoro viloyatidagi 2, 3 va 16-sonli, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 11 va 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun o‘tkazildi.

“Ombudsman soat”larida yuqori sinf o‘quvchilariga inson huquq va erkinliklarining mazmun-mohiyati, qadr-qimmati, shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, Ombudsmanlar hayotiy vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilishga qanday yordam berishi mumkinligi haqida o‘quvchilarga videoroliklar asosida interaktiv usulda ma’lumotlar berildi.

Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘zaro savol-javoblar va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Hayotiy vaziyatlar misolida berilgan yangi ko‘nikmalar darslarni yanada qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati