Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nukusdagi 2-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan 300 nafardan ortiq shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
2024-yilning 13-sentabr kuni Nukus shahrida joylashgan 2-son Tergov hibsxonasida Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi  mintaqaviy vakilining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi bilan birgalikda  mazkur hibsxonada saqlanayotgan 300 nafardan ortiq shaxslar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikka Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Sog‘likni saqlash vazirligining malakali shifokorlari terapevt, xirurg, nevropatolog, LOR, okulist, stomatolog, kardiolog, endokrinolog, akusher-ginekolog hamda UTT mutaxassislari jalb qilindi.

Profilaktik tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 5 nafar shaxsga tarqoq buqoqning 2-bosqich, 6 nafar shaxsga qandli diabet, 23 nafar shaxsga gipertoniya kasalligi, yurakning ishimik kasalligi, stenokardiya, 11 nafar shaxsga diuyerkulyator ensefalopatiya, 7 nafar shaxsga vegeto-tomir distoyanisi aralash tipi, 4 nafar shaxsga surunkali otit,  3 nafar shaxsga qorinning oq chizig‘i churasi, 2 nafar shaxsga bavosil tashhislari qo‘yildi.

Shuningdek, 5 nafar shaxsga ko‘z kasalliklari bo‘yicha ko‘zoynaklar korreksiya qilinib, muolajalar buyurildi.

Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha 22 nafar shaxsga ambulator tartibda davolanishi, 5 nafarga qo‘shimcha tekshiruv tavsiya etildi, shuningdek, 18 nafar shaxsga olayotgan muolajalariga qo‘shimcha dori-darmonlar yozib berilgan bo‘lsa, 3 nafariga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish tavsiyasi berildi.

Bundan tashqari, Ombudsmanning mintaqaviy vakili mazkur hibsxonada saqlanayotgan shaxslar fikrlarini o‘rganib, ular murojaatlarini qabul qildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati