Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida Ombudsman zimmasiga harakatlanish cheklangan yopiq muassasalarda qiynoq holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring tashriflarini amalga oshirish va bu haqda Parlamentga har chorakda axborot taqdim etish belgilangan.